EcoSort · uz.ecosort.app
EcoSort — chiqindini qayta ishlashga topshirganingiz uchun mukofot beradigan ilova. Ishlashi uchun bizga telefon raqamingiz, ismingiz va to’lovni o’tkazish uchun hisob raqamingiz kerak bo’ladi.
Biz ma’lumotlaringizni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va uchinchi tomon reklama yoki analitika tizimlariga uzatmaymiz. Kamera faqat QR kodni o’qish uchun ishlaydi — hech qanday tasvir saqlanmaydi.
Ushbu ilova va unga bog’liq server xizmatini Uz Ai Dev yuritadi. Quyida “biz” deganda shu tashkilot tushuniladi. Savollaringiz bo’lsa, 10-bo’limdagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Faqat ilova ishlashi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’playmiz. Barchasini siz o’zingiz kiritasiz — yashirin yig’ish yo’q.
| Ma’lumot | Nima uchun | Holati |
|---|---|---|
| Telefon raqami | Akkauntni yaratish va SMS orqali kirishni tasdiqlash | Majburiy |
| Ism, familiya | Akkauntni shaxsiylashtirish, reytingda ko’rsatish | Majburiy |
| Jinsi, tug’ilgan yili | Profil ma’lumoti va umumiy statistika | Majburiy |
| Viloyat, tuman | To’lovni rasmiylashtirish va hududiy statistika | Majburiy |
| Karta / hisob raqami | Yig’ilgan mablag’ni sizga o’tkazish | To’lov so’raganda |
| Tranzaksiya tarixi | Balans, ballar va topshirishlar ro’yxatini yuritish | Avtomatik |
Biz joylashuvingizni, telefon kitobingizni, SMS xabarlaringizni, fayllaringizni va qurilmadagi boshqa ilovalar haqidagi ma’lumotni to’plamaymiz.
Ilova kameraga ruxsat so’raydi. Kamera faqat chiqindi qabul punktida ko’rsatilgan QR kodni o’qish uchun yoqiladi. Tasvir qurilmada ham, serverda ham saqlanmaydi va hech qayerga uzatilmaydi — kodning matni o’qilgach, faqat o’sha matn serverga tekshirish uchun yuboriladi.
Kameraga ruxsat bermasangiz, ilovaning qolgan qismlari (hisob, tarix, to’lov, reyting) odatdagidek ishlaydi — faqat skanerlash imkoni bo’lmaydi.
Ma’lumotlaringiz asosida avtomatik qaror qabul qilinmaydi va profil asosida reklama ko’rsatilmaydi.
Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida ulashmaymiz. Uzatish faqat quyidagi hollarda va faqat zarur hajmda bo’ladi:
Ilovada uchinchi tomon reklama tarmoqlari yoki foydalanuvchi xatti-harakatini kuzatuvchi analitika kutubxonalari o’rnatilmagan.
Ma’lumotlar server bazasida saqlanadi. Ilova bilan server o’rtasidagi barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi. Tasdiqlash kodlari ochiq holda emas, kriptografik xesh ko’rinishida saqlanadi va 3 daqiqadan keyin kuyadi.
Akkauntingiz faol bo’lgunicha ma’lumotlar saqlanadi. O’chirishni so’rasangiz, hisob-kitob va soliq talablari uchun saqlanishi shart bo’lgan tranzaksiya yozuvlaridan tashqari barcha shaxsiy ma’lumotlar 30 kun ichida o’chiriladi.
Buning uchun 10-bo’limdagi manzilga akkauntingizga bog’langan telefon raqamidan yoki uni ko’rsatgan holda murojaat qiling. Javob 30 kun ichida beriladi.
EcoSort (uz.ecosort.app) ilovasi akkauntini
o’chirish uchun:
O’chiriladigan ma’lumotlar: ism va familiya, telefon raqami, jinsi, tug’ilgan yili, viloyat va tuman, karta yoki hisob raqami, profil va sessiya ma’lumotlari, ballar va reytingdagi yozuvingiz.
Saqlanib qoladigan ma’lumotlar: amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha hisob-kitob yozuvlari — buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qilgani uchun 5 yil saqlanadi. Bu yozuvlarda shaxsingizni aniqlaydigan ma’lumot qoldirilmaydi: ism va telefon raqami o’chirilib, faqat summa, sana va tranzaksiya raqami qoladi.
Akkaunt o’chirilgach, balansda qolgan mablag’ni yechib ololmaysiz — shuning uchun so’rov yuborishdan oldin “To’lov qilish” orqali mablag’ingizni yechib oling.
Ilova 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan, chunki u pul mablag’ini o’tkazish bilan bog’liq. Biz bolalardan ataylab ma’lumot to’plamaymiz. Agar shunday ma’lumot aniqlansa, u o’chiriladi.
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Jiddiy o’zgarish bo’lsa, ilova ichida xabar beramiz. Yuqoridagi “Kuchga kirgan sana” har doim amaldagi tahrirni ko’rsatadi.
Maxfiylik bo’yicha savollar, ma’lumotni o’chirish yoki olish so’rovlari uchun:
E-pochta: samandarik4@gmail.com
Veb-sayt: ecosort.uzaidev.uz
Tashkilot: Uz Ai Dev